«Agar bir-biringizni sevsangiz, sizlar Mening shogirdlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi». - Yuhanno 13:35
Biz bir-birimizni sevishimiz kerakligini bilamiz, ammo buni amalda qo‘llash oson kechmaydi. Buzilgan munosabatlar nafaqat jamoat hayotini izidan chiqaradi, balki boshqalarga ham Iso bilan tanishishga to‘sqinlik qiladi.
Ushbu oltita darsdagi mavzular sizga oilangizni va jamoatingizdagi birodar, opa-singillaringizni ko‘proq yaxshi ko‘rishingizga yordam beradi. Bu mavzular quyidagilardir:
- Yaxshi Cho‘pon ortidan ergashish — boshqalarni chin yurakdan sevishingiz uchun poydevor.
- Diqqat bilan tinglash — sevgining eng katta isboti.
- Hissiyotlaringizni tushunish va ularni ochiqchasiga izhor qilish — hissiyotlarga qul bo‘lmaslik uchun.
- Gunohni fosh qilish — bir-biringizga muqaddaslik yo‘lida yordam berish uchun.
- Mojarolarni hal qilish — jamoatingizda va oilangizda kelishmovchiliklarning oldini olish uchun.
- Qayg‘uga to‘g‘ri munosabat — to‘g‘ri qayg‘ura olishingiz va boshiga musibat tushgan birodarlarga yordam bera olishingiz uchun.
Bu darslarni amalda qo‘llaganingiz sari, ularga qayta-qayta murojaat qilaverasiz. Natijada hayotingiz o‘zgaradi va atrofingizdagi odamlar Isoning shogirdi ekaningizga amin bo‘lishadi!
Part of collection
Ibtido va Intiho
Languages
Categories