O‘n turt darsdan iborat bo‘lgan ushbu qo‘llanma sizni ajoyib bir kitob — Qonunlar kitobi bilan tanishtiradi. Eski va Yangi Ahdlarni tushunishda Qonunlar kitobi poydevor vazifasini bajaradi. Zotan, bu kitobdagi xabar nafaqat Eski Ahd davrida yashagan Isroil xalqiga, balki bugungi hamma zamondoshlarimizga ham birday taalluqlidir. Bu qo‘llanma O‘rta Osiyoda istiqomat qilayotgan masihiylar uchun kichik guruhlarda o‘rganish maqsadida maxsus yaratilgan. Har bir darsning tarkibiga ko‘plab savollar kiritilgan, o‘sha savollarga javoblar esa har bir darsning oxirida berilgan. Siz ushbu qo‘llanmadan foydalanar ekansiz, muruvvatli Xudoyimizni yanada yaqinroq tanib-bilishingizga tilakdoshmiz, axir U hammamiz uchun buyuk ishlar qilgan!
Часть коллекции
Ibtido va Intiho
Языки
Категории